Ishtixon tumanida yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan manzilli ishlar davom etmoqda

14 May, 2025 - 11:52
48
Ishtixon tumanida yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan manzilli ishlar davom etmoqda

yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Mahalla yoshlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda

Joriy yilning may oyida Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi rahbariyati va mas’ul xodimlari tomonidan Ishtixon tumani Xalqabod mahallasida istiqomat qiluvchi ishsiz yoshlar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur mahalladagi ishsiz yoshlar bilan ishlash uchun boshqarma rahbariyati va mas’ul xodimlar biriktirilib, ular mahalla yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil etdilar.

Uchrashuv jarayonida yoshlarning ijtimoiy holati, bandligi, kasbga bo‘lgan qiziqishlari va muammolari atroflicha o‘rganildi. Har bir yosh bilan individual yondashuv asosida suhbatlar olib borilib, “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Muloqot davomida yoshlar muammolarini hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Ushbu sa’y-harakatlar mahalla yoshlari o‘rtasida bandlik darajasini oshirish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish hamda madaniy-ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash