Ustoz-shogird anʼanalari davom etadi

12 May, 2025 - 09:40
34
Ustoz-shogird anʼanalari davom etadi

adabiy-badiiy kecha

USTOZ-SHOGIRD ANʼANALARI DAVOM ETADI

Pastdargʻom tuman Madaniyat boʻlimida “Sayqal” ashula va raqs ansamblining tashkil topganiga 50 yil, “Dargʻom taronasi” maqomchilar ansambliga 40 yil, “Dargʻom gʻunchalari” bolalar ashula va raqs ansambliga 20 yil toʻlishi hamda ularning badiiy rahbari, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Uygʻun Boʻtayevning ijodiy faoliyatiga 50 yil toʻlishi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

“Ustoz-shogird anʼanalari davom etadi” nomi ostida oʻtkazilgan ushbu tadbirda tuman hokimligi vakillari, madaniyat sohasi xodimlari, sanʼat fidoyilari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbir davomida ansambllarning uzoq yillik ijodiy yoʻli, ustoz sanʼatkorlarning mehnati, yosh isteʼdodlar tayyorlashdagi hissasi yuksak e’tirof etildi. Konsert dasturlarida jonli ijrodagi maqomlar, milliy raqslar va bolalar chiqishlari tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar bagʻishladi.

Ushbu kecha sanʼatimizda davomiylik, ustoz-shogird anʼanalari, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi.


Fayllar:

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash