Teatrga oshno qalblar
08 May, 2025 - 18:36
38
Teatr
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining “Qaltis qadam” spektakli Narpayda namoyish etildi
Narpay tumanidagi 37-son “Gulshan” madaniyat markazida Kattaqo‘rg‘on shahar musiqali drama teatri tomonidan yozuvchi Farmon Toshev asari asosida sahnalashtirilgan “Qaltis qadam” spektakli namoyish etildi.
Spektakl orqali tomoshabinlarga sabr-toqat, halollik va adolat yo‘lidan yurish zarurligi ta’sirchan sahnalar orqali yetkazildi. Asarda insonning ichki kechinmalari, noto‘g‘ri yo‘l tanlash oqibatlari va to‘g‘ri qaror qabul qilish masalalari chuqur yoritildi.
Mazkur asar, ayniqsa, yoshlarga saboq bo‘ladigan mazmuni, hayotiy voqealarga boyligi bilan ajralib turdi. Bunday spektakllar yoshlarning ma’naviy kamoloti, estetik didi va hayotga qarashlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.