Samarqand viloyati musiqali drama teatri “Navro‘z” xalqaro teatr festivalida yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi
06 May, 2025 - 18:41
143
#Xalqaro_tanlov #Teatr
Samarqand viloyati musiqali drama teatri “Navro‘z” xalqaro teatr festivalida
yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi
Joriy yilning 2–6 may kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tkazilgan “Navro‘z” xalqaro teatr festivalida Eron, Armaniston, O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston teatr jamoalari o‘zlarining eng sara sahna asarlari bilan ishtirok etdi.
Festival doirasida Samarqand viloyati musiqali drama teatrining “Yalangtо‘sh Bahodir” spektakli ham namoyish etildi. Ushbu spektakl "Yuqori darajadagi mahoratli ijro va mazmunning dolzarbligi" nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
Mazkur spektaklning festival dasturiga kiritilgani va yuqori baholanishi — teatr jamoasining professional mahorati, sahna ijrosidagi chuqur yondashuv va tarixiy haqiqatga sodiqlikning yana bir isboti bo‘ldi.