Favvoralar sayli

30 Apr, 2025 - 17:21
26
Favvoralar sayli

E'lon

“Samarqand – madaniyat poytaxti” doirasida “Favvoralar sayli”ga marhamat!

 Ertaga, 1-may kuni soat 10:00 dan 14:00 gacha hamda 17:00 dan 22:00 gacha “Favvoralar sayli” munosabati bilan quyidagi manzillarda madaniy dasturlar tashkil etiladi:

✅ Ko‘ksaroy maydonidagi favvoralar majmuasi

✅ Ruhobod maydonidagi favvoralar majmuasi

✅ Registon va Dahbed ko‘chalari chorrahasidagi favvora atrofi

✅ Shoirlar bog‘idagi favvoralar majmuasi

✅ Samarqand temiryo‘l vokzali maydonidagi favvoralar majmuasi

✅ Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari o‘rnatilgan maydondagi favvoralar atrofi

✅ Islom Karimov maydonidagi favvoralar majmuasi

✅ Universitet xiyobonidagi favvoralar atrofi

Barchangizni ushbu bayramona tadbirlarga taklif qilamiz!

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash