Pedagog xodimlar malaka sinovlarida ishtirok etmoqda

29 Apr, 2025 - 19:55
108
Pedagog xodimlar malaka sinovlarida ishtirok etmoqda

Ta'lim sohasi

Samarqand va Jizzax viloyatlaridan 240 nafar pedagog xodim malaka sinovlarida ishtirok etmoqda

2025-yil 28–30-aprel kunlari Samarqand shahridagi 1-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Samarqand va Jizzax viloyatlaridan jami 240 nafar pedagog xodim va konsertmeysterlar uchun mutaxassislik fanlari bo‘yicha malaka sinovlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur sinovlar yillik reja asosida, belgilangan tartibda va uzluksiz ravishda o‘tkazilib kelinayotgan malaka baholash jarayonlarining navbatdagisidir. Sinovlarning asosiy maqsadi – musiqa va san’at yo‘nalishidagi pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi, nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini baholashdan iborat.

Malaka sinovlari jami 14 yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan. Jumladan, vokal ijrochiligi (an’anaviy xonandalik, akademik va estrada xonandachiligi), cholg‘u ijrochiligi (fortepiano, torli cholg‘ular), xor dirijyorligi, umumiy fortepiano va konsertmeysterlik kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Sinovlar 7 ta maxsus tayyorlangan xonada, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida, onlayn video translatsiya orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.

Malaka sinovlari natijalari pedagog kadrlarning lavozimga muvofiqligini aniqlash, ularning malakasini tasdiqlash hamda kasbiy rivojlanishini rag‘batlantirishda muhim mezon bo‘lib xizmat qiladi.
 

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash