Samarqand shahar 24-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “Maqom sehri” nomli konsert dasturi namoyish etildi

17 Apr, 2025 - 15:08
15
Samarqand shahar 24-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “Maqom sehri” nomli konsert dasturi namoyish etildi

Maqom_sehri

“Maqom sehri” konsert dasturi yosh ijodkorlarda katta taassurot qoldirdi

Kuni kecha 16-aprel kuni Samarqand maqom ansambli tomonidan Samarqand shahridagi 24-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “Maqom sehri” nomli konsert dasturi namoyish etildi.

Konsert dasturi maktabning an’anaviy xonandalik va sozandalik yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar va ularning ustozlari uchun tashkil etildi. Tadbir davomida ansambl ijrochilari tomonidan o‘zbek maqom san’atining durdona namunalaridan iborat chiqishlar taqdim etilib, yosh musiqachilar uchun katta ma’naviy-estetik zavq bag‘ishladi.

Mazkur tashabbus yosh avlod qalbida milliy san’atimizga mehr va hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, ularni an’anaviy maqom maktabi bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash