Viloyatimizda Madaniyat va san’at xodimlari kuni keng nishonlanmoqda
17 Apr, 2025 - 12:19
11
Yuksak_eʻtibor
15-aprel – “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan Samarqand viloyatining barcha hududlarida bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda.
Xususan, Nurafshon san’at saroyida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Orif Xaitov soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh madaniyat va san’at xodimlariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tadbir doirasida san’at ahlining mehnatini qadrlash, ularning kasbiy bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tashabbuslar soha xodimlarida ijobiy kayfiyat, g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.