Viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov faxriy soha vakili holidan xabar oldi

15 Apr, 2025 - 14:11
49
Viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov faxriy soha vakili holidan xabar oldi

Rahbar_tabrigi Yuksak_eʻtibor

15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Orif Xaitov uzoq yillar davomida madaniyat sohasida samarali xizmat qilib kelayotgan faxriy san’atkorlar holidan xabar oldi.

Xususan, tashrif davomida Samarqand viloyat musiqali drama teatri rejissori Mamadamin-zoda Muhammadrasul hamda “Nihol” mukofoti sovrindori, Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchisi Oblaqulov G‘iyos Axrorovichning holidan xabar olindi.

Uchrashuvlar chog‘ida faxriylar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning salomatligi va ijtimoiy sharoitlari bilan yaqindan qiziqildi. Bayram munosabati bilan ularga viloyat hokimining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tashriflar madaniyat va san’at sohasi vakillariga bildirilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yaqqol ifodasi bo‘ldi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash