“Siyosiy-ma’rifat soati” doirasida dolzarb mavzular muhokama qilindi
11 Apr, 2025 - 09:25
6
Siyosiy-ma’rifat soati
Bugun Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi xodimlari har haftaning juma kunlari an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Siyosiy-ma’rifat soati”da faol ishtirok etdilar.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida mamlakatimiz va xalqaro maydondagi dolzarb yangiliklar, siyosiy-ijtimoiy hayotdagi muhim voqealar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati xodimlar e’tiboriga yetkazildi.