O‘zbek san’atining zabardast vakilasi — Saida Rametova Narpayda

08 Apr, 2025 - 18:00
24
O‘zbek san’atining zabardast vakilasi — Saida Rametova Narpayda

Ijodiy uchrashuv

Narpay tumani Madaniyat bo‘limiga qarashli 37-sonli “Gulshan” madaniyat markazida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktrisa Saida Rametova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv madaniyat markazi tashabbusi bilan tashkil etilib, san’at ixlosmandlari va keng jamoatchilikka katta ruhiy zavq bag‘ishladi. Tadbir davomida Saida Rametova sahnadagi ilk faoliyat yillari, mashhur rollari hamda sahna ortidagi qiziqarli voqealar haqida samimiy hikoyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, aktrisa yosh ijodkorlar bilan ochiq muloqot olib borib, ularga o‘zining foydali tavsiyalari va ilhomlantiruvchi fikrlarini bildirdi.

Mazkur uchrashuv san’at va madaniyat sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amaliy ifodasi bo‘lib, yoshlar qalbida milliy san’atga bo‘lgan mehr va e’tiborni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash