Buyuk ajdodlar jasorati - yosh avlod qalbida!

04 Apr, 2025 - 19:17
35
Buyuk ajdodlar jasorati - yosh avlod qalbida!

sohaga_oid_xabarlar

Pastdarg‘om tumani 23-son Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish, ularda vatanparvarlik va g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida “Buyuk sarkardalarimizning jasorati va harbiy merosi” mavzusida siyosiy-ma’rifiy soat doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar buyuk ajdodlarimiz – Sohibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi tarixiy shaxslarning jasorati, harbiy san’ati hamda ular qoldirgan boy meros haqida fikr almashdilar. Shuningdek, mustaqil O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining bugungi taraqqiyoti, ularning Vatan himoyasidagi muhim o‘rni va yosh avlod zimmasidagi mas’uliyat haqida ham keng muhokamalar olib borildi.

Davra suhbatida faol ishtirok etgan o‘quvchilar o‘zining mustaqil fikrlashi, tarixiy bilimdonligi va dolzarb mavzularga oid mulohazalari bilan ajralib turdilar.

Mazkur tadbir o‘quvchilarda milliy g‘urur, tarixiy xotira va yurtga sadoqat ruhini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash