Taniqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshov tavalludiga bag‘ishlab mahorat darsi tashkil etildi
04 Apr, 2025 - 18:49
76
sohaga_oid_xabarlar
Joriy yilning 3-aprel kuni Samarqand shahar 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida Tasviriy va amaliy san’at bo‘limi o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirokida taniqli teatr va kino rejissyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Bahodir Yo‘ldoshov tavalludiga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi.
Tadbir davomida rejissyorning hayoti, ijodiy yo‘li va milliy san’at rivojiga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. O‘quvchilarga Bahodir Yo‘ldoshov sahnalashtirgan asarlar, uning madaniyatimizdagi o‘rni hamda insoniylik, ezgulik, vatanparvarlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilgan faoliyati haqida keng tushunchalar berildi.
Ushbu mahorat darsi o‘quvchilarning estetik tafakkurini rivojlantirish, san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Mazkur tadbirni tashkil etishda faol ishtirok etgan, yosh avlodga san’atga oid qimmatli bilim va ma’lumotlarni yetkazgan ustoz-o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildiramiz.