"Layli va Majnun" spektakli Xorazm sahnasida namoyish etildi.
04 Apr, 2025 - 18:32
34
Teatr_gastrol
Samarqand viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari Xorazm viloyatida gastrol safarida bo‘lishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 406-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 4-aprel kuni Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi Xorazm viloyatiga gastrol safarini amalga oshirdi.
Safar doirasida Samarqandlik san’atkorlar Xorazm viloyati musiqali drama teatrida mehmondo‘stlik bilan kutib olindilar. Tashrif jarayonida ikki viloyat teatr jamoalari o‘rtasida ijodiy muloqot va madaniy hamkorlik mustahkamlandi.
Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan Xorazmlik tomoshabinlarga mashhur “Layli va Majnun” spektakli namoyish etildi. Mazkur sahna asari o‘zbek adabiyoti va teatr san’atining nodir namunalaridan biri sifatida e’tirof etilib, tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va iliq taassurot bilan kutib olindi.
Ushbu gastrol safari ikki viloyat madaniy-ma’naviy hayotida muhim voqea bo‘lib, teatrlararo ijodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va yangi loyihalarni amalga oshirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.