Qozog‘iston delegatsiyasining Samarqand shahridagi 3-son bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrifi
04 Apr, 2025 - 16:47
27
Xalqaro_hamkorlik
Samarqand shahridagi 3-son bolalar musiqa va san’at maktabiga Qozog‘iston Respublikasining musiqa maktablari rahbarlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar o‘quv muassasasining faoliyati, ta’lim jarayoni va ijodiy yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar. Maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarning erishgan yutuqlari hamda pedagogik jamoaning yuksak salohiyati delegatsiya a’zolari tomonidan e’tirof etildi.
Uchrashuv doirasida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yaqin kelajakda esa anglashuv memorandumi imzolash yuzasidan kelishuvga erishdilar.
Shuningdek, o‘quv-uslubiy tajriba almashinuvi, qo‘shma tanlovlar tashkil etish, musiqiy va madaniy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalar belgilandi.