Shensida Navroʻz bayrami tadbirlari oʻtkazildi

30 Mar, 2025 - 15:37
8
Shensida Navroʻz bayrami tadbirlari oʻtkazildi

Xalqaro_hamkorlik

Samarqand viloyati delegatsiyasi Sian shahrida xizmat safarida boʻlib turibdi. Tashrif doirasida turizm va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, 29-mart kuni Sian shahrida joylashgan “Silk Road Paradise” turistik bog‘ida Samarqand viloyati delegatsiyasi tomonidan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan katta madaniy tadbir tashkil etildi. Ushbu bayram dasturi O‘zbekistonning milliy urf-odatlari va an’analarini namoyon etuvchi folklor chiqishlari bilan boyitildi. Milliy ansambllar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar va raqslar Xitoylik tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi turizm va madaniy hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda. Samarqand viloyati delegatsiyasining ushbu tashrifi esa nafaqat ikki tomonlama madaniy almashinuvni faollashtirish, balki sayyohlik oqimini oshirishga ham zamin yaratadi. Erishilgan kelishuvlar esa kelgusida yangi tashabbuslarni amalga oshirishga yo‘l ochadi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash