Viloyat qo'g'irchoq teatrida yangi spektakl premyerasi bo‘lib o‘tadi
21 Mar, 2025 - 17:56
11
Teatr
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Shuxrat Sanaqulov tomonidan sahnalashtirilgan "Tryam, salom!" (Трям! Здравствуйте) spektakli Madaniyat vazirligi huzuridagi Ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhlari hamda soha mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqildi.
Namoyish etilgan spektaklning yangiliklari va yutuqlari e’tirof etilib, hay’at a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, yaqin kunlarda spektaklning premyerasi rejalashtirilgan.