Davlatlar o'rtasidagi xalqaro aloqalar teatr san'ati orqali mustahkamlanmoqda.
05 Mar, 2025 - 10:25
27
Xalqaro_hamkorlik
Kuni kecha Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri va Qozog’iston Respublikasi Astana shahridagi “Jastar teatri” hamda Kalibek Kuanishboyev nomidagi Qozog’iston milliy musiqali-drama teatri o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Memorandumi imzolanishi doirasida ikki davlatning madaniy aloqalarini rivojlantirish, teatrlar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlarning tajriba almashishi, yuqori saviyali milliy va chet el sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrol safarlarini tashkil etish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida o‘zaro kelishib olindi.