Tanlov

25 Sep, 2026 - 15:01
49
Tanlov

“Dunyo sadosi” — iste’dodlar sahnasida

Nurafshon madaniyat markazida Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi hamda viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan “Dunyo sadosi” chet el estrada san’ati viloyat ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.

Ijodkorlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sahna va ijro mahoratini yanada oshirish, shuningdek, zamonaviy hamda xalqaro estrada yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovda 7 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli ijodkorlar ishtirok etdi

Ko‘rik-tanlovni ochib brish uchun Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qutladi. U o‘z so‘zida bunday ijodiy tanlovlar yoshlarning o‘z iste’dodini namoyon etishi, yangi imkoniyatlarni kashf qilishi va professional sahnaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

🎤 Hozirda tanlov ishtirokchilari turli xorijiy mamlakatlar estrada namunalari asosida tayyorlagan ijodiy chiqishlarini namoyish etishdi.

Ijrolar hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholanib, ishtirokchilarning vokal mahorati, sahna madaniyati, ijro uslubi va repertuar tanloviga alohida e’tibor qaratildi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash