"Iste'dod" viloyat ko‘rik-tanlovi

14 Jul, 2026 - 15:04
49
"Iste'dod" viloyat ko‘rik-tanlovi

Samarqand viloyati hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Iste'dod" viloyat ko‘rik-tanlovi o‘z iste'dodi va ijodiy salohiyatini namoyon etishni istagan yoshlarni bir maydonga jamladi.

Ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi yosh iste'dodlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, san'at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat.

Tanlov davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlarda o‘z mahoratini namoyish etib, hakamlar hay'ati tomonidan xolis baholanmoqda.
"Iste'dod" viloyat ko‘rik-tanlovi nafaqat yangi iste'dodlarni kashf etish, balki ularning kelgusidagi ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy madaniyat va san'at rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yoshlarni rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.
 

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash