Mustaqilligimiz shukuhi- san'at va madaniyat bilan!
14 Jul, 2026 - 17:57
44
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tashabbusi ostida viloyatimizda bayramona madaniy tadbirlar davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tashabbusi ostida viloyatimizda bayramona madaniy tadbirlar davom etmoqda.
Haftaning har shanba va yakshanba kunlari soat 20:00 dan 22:00 gacha Samarqand viloyati musiqali drama teatrida viloyatimizning iste'dodli san'atkorlari ishtirokida rang-barang gala konsert dasturlari namoyish etiladi.
Aziz samarqandliklar va shahrimiz mehmonlari!
Sizlarni ushbu bayramona gala konsert dasturlariga taklif etamiz. Oilangiz va yaqinlaringiz bilan tashrif buyurib, mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhini dilbar kuy-qo‘shiqlar va unutilmas lahzalar bilan birgalikda nishonlang!