Mustaqillik shukuhi san'at va madaniyat bilan yanada fayzli

27 Jul, 2026 - 10:09
53
Mustaqillik shukuhi san'at va madaniyat bilan yanada fayzli

Gala-konsert

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tashabbusi ostida viloyatimiz bo‘ylab bayramona madaniy-ma'rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda boshlangan.

Ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha Kattaqo‘rg‘on tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan Samarqand viloyati musiqali drama teatrida tashkil etildi. Konsert dasturida tumanning iste'dodli san'atkorlari tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-qo‘shiqlar, raqslar va badiiy chiqishlar tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi sharafiga tashkil etilayotgan ushbu gala konsertlar xalqimizning milliy qadriyatlari, san'ati va madaniyatini keng targ‘ib etish, yurtdoshlarimiz qalbida Vatanga sadoqat va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash