Narpayda to‘garak a’zolari hisobot konserti bilan chiqish qildi

17 Apr, 2025 - 16:38
19
Narpayda to‘garak a’zolari hisobot konserti bilan chiqish qildi

Hisobot_konserti

Narpay tumani Madaniyat bo‘limiga qarashli madaniyat markazlarida faoliyat olib borayotgan to‘garaklar tomonidan hisobot konserti tashkil etildi. Tadbir san’atga mehr qo‘ygan yoshlar ijodi, ularning erishayotgan yutuqlari va to‘garaklar faoliyatining natijalarini namoyon etishga qaratildi.

Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda san’atsevarlar, yosh ijodkorlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Konsert dasturida ashula, maqom, folklor, raqs, gijjak, skripka, rubob kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan to‘garak a’zolari o‘z chiqishlarini namoyish etdilar.

Ijodiy sahnalar orqali yosh iste’dod egalarining mahorati namoyon bo‘lib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida yosh avlodni san’atga mehr-ruhida tarbiyalash, milliy an’analarni asrash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yo‘lida olib borilayotgan ishlarning samaralari yaqqol ko‘zga tashlandi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash