Yosh rassomlar korrupsiyaga qarshi!

07 May, 2025 - 17:54
152
Yosh rassomlar korrupsiyaga qarshi!

#Biz_Korrupsiyaga_qarshimiz #Yosh_rassomlar

SAMARQAND VILOYATI MADANIYAT BOSHQARMASI QOSHIDAGI VILOYAT BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT YO‘NALISHI O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA "BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ" SHIORI OSTIDA O‘TKAZILADIGAN "ENG YAXSHI RASM - 2025" TANLOVI NIZOMI

Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi viloyat bolalar musiqa va san’at maktablari o‘rtasida tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun.

1. Tanlovning maqsadi:

- O‘quvchilar orasida korrupsiyaga qarshi dunyoqarashni shakllantirish;
- Tasviriy san’at orqali jamiyatda halollik, adolat va qonun ustuvorligini targ‘ib qilish;
- Ijodiy fikrlovchi, ijtimoiy mas’uliyatni his etuvchi yosh rassomlarni aniqlash va rag‘batlantirish.

2. Tanlov ishtirokchilari:

Samarqand viloyatidagi bolalar musiqa va san’at maktablarining tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan 10–18 yoshdagi o‘quvchilar.

3. Tanlov mavzusi:

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida korrupsiyaga qarshi kurash, halollik, adolat, fuqarolik mas’uliyati kabi g‘oyalarni aks ettiruvchi rasmlar.

4. Asarlarga qo‘yiladigan talablar:

- O‘lchami: A3 formatda;
- Texnika: Erkin (guash, akvarel, rangli qalam, kollaj, aralash texnika va h.k.);
- Asar mustaqil ijod mahsuli bo‘lishi shart;
- Rasm orqa tomoniga ishtirokchining ismi, familiyasi, yoshi, maktabi va ustozining ismi yozilishi lozim.

5. Tanlov muddati:

Rasmlar topshirish muddati: 2025-yil 8-maydan 15-maygacha.

(Eslatma: Maktablarda ichki tanlov o‘tkazilib, g‘olib deb topilgan bir nafar ishtirokchi viloyat bosqichiga yo‘llanma oladi.)

Saralash va baholash: Viloyat bosqichida hakamlar tomonidan eng yaxshi deb topilgan rasmlar tanlab olinadi va 2025-yil 20-may kuni boshqarmaning Telegram sahifasida onlayn ovoz berishga qo‘yiladi.

G‘oliblarni e’lon qilish va taqdirlash marosimi: 2025-yil 27-may kuni onlayn ovoz berishda eng yuqori natija qayd etgan 1-, 2- va 3-o‘rin egalari g‘olib deb e’lon qilinadi.

6. Tanlovning baholash mezonlari:

- Mavzuga moslik;
- Ijodiy yondashuv;
- Kompozitsion yechim;
- Ranglar uyg‘unligi;
- Texnik mahorat.

7. G‘oliblarni taqdirlash:

Hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi o‘rinlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
- 1-o‘rin: Faxriy yorliq + esdalik sovg‘asi + diplom
- 2-o‘rin: Faxriy yorliq + esdalik sovg‘asi + diplom
- 3-o‘rin: Faxriy yorliq + esdalik sovg‘asi + diplom

8. Tashkiliy qo‘mita:

- Tanlov tashkilotchisi — Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi;
- Tanlovni tashkillashtirish, rasmlarni yig‘ish va hakamlar hay’atini shakllantirish uchun mas’ullar tayinlanadi.

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash