Ochiq muloqot

08 Oct, 2026 - 16:32
65
Ochiq muloqot

Viloyat musiqali drama teatrida turizm, madaniy meros va madaniyat sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, erishilayotgan yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek Suyunov boshchiligidagi soha mas’ullari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi. Ochiq va samimiy muloqot davomida hududda madaniyat va san’atni rivojlantirish, tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash, turizm salohiyatini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Alohida ta’kidlash joizki, Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tomonidan aholining, ayniqsa, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, teatr va san’at muassasalari faoliyatini rivojlantirish, milliy madaniyatimiz va san’atimizni keng targ‘ib etish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Davra suhbatida soha oldida turgan vazifalar bilan bir qatorda, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, tizim faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha jurnalist va blogerlarning savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

💬 Ochiq muloqot va fikr almashinuvi kelgusida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun muhim qadam bo‘ldi.
 

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash