Onlayn qabul
29 Jul, 2026 - 12:21
52
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Tugalov Botir Baxromovichning navbatdagi onlayn qabuli bo‘lib o‘tdi.
Mazkur onlayn qabul davomida fuqarolar tomonidan 5 nafardan ortiq murojaatlar kelib tushdi hamda ular atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Valixon Umarov, Madaniy faoliyatni rivojlantirish va xalq ijodiyoti sho'basi bosh mutaxassisi Bobomurod Ro'ziyev hamda boshqarmaning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimi Shuhrat Karimovlar ishtirok etdilar.
Murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.