Tabriklaymiz
06 Jul, 2026 - 15:35
46
Parizoda Radjabova oʻzining isteʼdodi va sanʼatga boʻlgan fidoyiligi uchun "Eng yosh isteʼdod sohibasi" sertifikati hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Pastdargʻom tumanida "Yangi Oʻzbekistonni yoshlar quradi" shiori ostida oʻtkazilgan yoshlar festivalida Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Samarqand shahar 3-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabining xoreografiya sinfi oʻquvchisi Parizoda Radjabova oʻzining isteʼdodi va sanʼatga boʻlgan fidoyiligi uchun "Eng yosh isteʼdod sohibasi" sertifikati hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Ushbu eʼtirof bilan Parizoda Radjabovani samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan yutuqlar, yangi marralar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.