Viloyat musiqali drama teatrida 21-martdan 27-martgacha o‘tkazilgan “Teatr haftaligi” yakunlari va kelgusidagi ijodiy faoliyatga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.

30 Mar, 2025 - 11:25
2
Viloyat musiqali drama teatrida 21-martdan 27-martgacha o‘tkazilgan “Teatr haftaligi” yakunlari va kelgusidagi ijodiy faoliyatga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.

press tur

Teatr aktyorlari endi telespektakllar tayyorlaydi

Viloyat musiqali drama teatrida 21-martdan 27-martgacha o‘tkazilgan “Teatr haftaligi” yakunlari va kelgusidagi ijodiy faoliyatga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.

Tadbir avvalida teatr rahbari Botir Tugalov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

- Jamoamiz 2024 yilda ikkita nufuzli xalqaro festivalda qatnashib, Gran-prini qo‘lga kiritdi, - deydi B.Tugalov. – Bu yil Fransiya, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon va Tojikiston davlatlarida o‘tkaziladigan festivallarda qatnashamiz. Shuningdek, turli telespektakllar, ko‘rsatuvlar, qisqa metrajli filmlar tayyorlash maqsadida mediamarkaz tashkil qilishni rejalashtiryapmiz. Yaqinda ovoz yozish studiyasi ishga tushirildi.

Shundan so‘ng jurnalistlar teatrda yaratilgan sharoitlar, repetisiya jarayonlari, grim va liboslar xonalari bilan tanishdi.

Press-tur davomida teatr rassomi, san’at arbobi Davron Safoyevning nodir asarlari joy olgan muzeyning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.
 

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash