Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi xalqaro madaniy hamkorlik doirasida Indoneziya Respublikasiga gastrol safariga jo‘nab ketdi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning boy sahna san’ati, milliy an’analari va madaniy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashdan iboratdir.
Safar davomida teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan spektakllar Indoneziyaning bir qator madaniyat markazlarida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus yurtimiz san’atkorlari uchun xalqaro tajriba almashish imkoniyatini yaratib, O‘zbekiston madaniy salohiyatining jahon sahnalarida tanitilishiga xizmat qiladi.
Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi mazkur tashrifni yuksak baholab, teatr jamoasiga muvaffaqiyatli ijodiy safar tilaydi.