O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy hamkorlik doirasida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Samarqand viloyati bo‘limi ansamblining bir guruh ijodkorlari 2025-yil 26-30 mart kunlari Xitoyning Shensi provinsiyasida gastrol safarida bo‘ldi.
Tashrif doirasida Samarqand viloyati delegatsiyasi Sian shahrida bo‘lib, Samarqand viloyatining turistik salohiyatini targ‘ib qilish, xitoylik sayyohlar oqimini oshirish hamda Navro‘z bayramini keng nishonlashga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etdi.
Delegatsiya vakillari “Shaanxi Tourism Group” rahbariyati bilan uchrashib, turizm va madaniyat sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Samarqand va Shensi provinsiyalarining sayyohlik salohiyati taqdim etilib, o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.