«Jaziramadagi odamlar» (5-qism)

«Jaziramadagi odamlar» (5-qism)

Audio || 25-Mar-2025 14:57 || 7

Bugungi zamonaviy o‘zbek adabiyotining peshqadam vakillaridan biri, taniqli adib   Luqmon Bo‘rixon “Xizr ko‘rgan yigit”, “Sirli muallim”, “Jaziramadagi odamlar”, “Tun qa'ridagi shu'la”, “Temir yo‘l” kabi qator kitoblariga jamlangan o‘nlab hikoyalari, qissalari va romanlari bilan kitobxonlarning  sevimli yozuvchisiga aylangan. Adib asarlari mohiyatida insoniylik degan g‘oya yetakchilik qiladi. Bu g‘oya asarlar mazmun-mundarijasiga singdirilgan. Ana shu fazilatlari bilan adib asarlari o‘quvchilar qalbini zabt eta oldi.Luqmon Bo‘rixonning  “Jaziramadagi odamlar” romanida ijtimoiy muammolar emas, ovloq cho‘l qo‘ynidagi cho‘lquvarlarning, alohida odamlarning hayotiy kechinmayu sezimlari ifoda etilgan. Romaning bosh qahramoni-  taqdir taqozosiga ko‘ra ovloq cho‘l qo‘yniga kelin bo‘lib tushgan  Lolaxonning achchiq qismati  hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi. Adib  romanida bir qishloq kishilari  misolida millat turmush tarzi va tabiatidagi kamchiliklarni,  sevgi-sadoqat, xiyonat va nafrat kabi mangu tuyg‘ularni o‘ziga xos uslubda, g‘oyat go‘zal va jozibali  badiiy tilda, katta talant bilan tasvirlagan.


Audio haqida ma'lumot yo'q

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash