2026-yil 27-aprel kuni Xiva shahridagi Ichan qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi hududida “Lazgi” xalqaro raqs festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur festivalda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Botir Tugalov ham ishtirok etib, festival doirasidagi chiqishlar va ijodiy namoyishlarni bevosita kuzatmoqda.
Qadimiy Ichan qal’a bag‘rida o‘tayotgan ushbu san’at bayrami milliy raqs san’atimizning jozibasi, boy an’analari va zamonaviy talqinini namoyon etib, tomoshabinlarga o‘zgacha kayfiyat ulashyapti.