YANA BIR G'ALABA

YANA BIR G'ALABA

25 / Jul / 2026 16:43 | Tanlov | Xalqaro | 89
None

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Narpay tumanidagi 13- hamda 27-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari yana bir bor o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyon etishdi.

Ular “SHARQ GAVHARI” II xalqaro ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.

Iqtidorli o‘quvchilar tanlov davomida 9 ta birinchi o‘rin, 3 ta ikkinchi o‘rin, 6 ta 3-o'rin hamda 3 ta Gran-pri sovrinlarini qo‘lga kiritib, nafaqat maktab, balki tumanimiz sharafini ham munosib himoya qildilar.

Mazkur yutuqlar tinimsiz mehnat, ustozlarning fidokorona sa’y-harakatlari hamda san’atga bo‘lgan cheksiz muhabbatining yorqin ifodasidir.

Bunday natijalar kelajakda yanada katta zafarlar sari mustahkam qadam bo‘lib xizmat qiladi.


None
None
None

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash