"Samarqand durdonalari" kõrik- tanlovi

"Samarqand durdonalari" kõrik- tanlovi

25 / Jul / 2026 16:40 | Tanlov | Mahalliy | 72
None

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 22-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi hamda Orif Gulxaniy uy-muzeyi hamkorligida “Samarqand durdonalari” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

✅Mazkur tanlov Samarqandning iste’dodli bastakori Abdurahmon Amonovning “Kel Samarqand shahriga” nomli ikki tomlik notalar to‘plamiga kiritilgan asarlar asosida tashkil etildi.

✅Tadbirning asosiy maqsadi bolalar musiqa va san’at maktablarida tahsil olayotgan yosh ijodkorlarning ijro mahoratini oshirish, ularning o‘zbek milliy mumtoz musiqasiga bo‘lgan qiziqishini yanada rivojlantirish hamda ustoz-shogird an’analari davomchilarini kashf etishdan iborat bo‘ldi.

➡️Ko‘rik-tanlovda viloyatdagi bolalar musiqa va san’at maktabining o‘quvchi hamda o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra:

I darajali diplom bilan Umrzoqova Mohinur, Akromjonova Muzayana, Xoliyarov Xurshid hamda Otaqulova Marjona taqdirlandi.

II darajali diplom bilan Murodullayev Isroil, Rasulboyeva Fotima va Suvonova Shaxrinoz (duet), Eshboyeva Buvizilol taqdirlandi.

III darajali diplom bilan Mamarasulova Maxliyo, Narziqulova Rayxona, Saydullayeva Sabrina va Saydullayeva Dilorom (duet), Turonov Baxodir taqdirlandi.

Mazkur ko‘rik-tanlov yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy musiqa san’atini asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.


None
None
None
None
None

Samarkand viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash